Bugun - O‘yin kuni
Sport
Bugun O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi yarim finalida Shimoliy Koreyaga qarshi maydonga tushadi. G‘alaba - final chiptasi va o‘zbek futboli tarixiga yangi nom yozish imkoniyati.
17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining yarim final janglari bugun, 17 aprel kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. Kunning dastlabki o‘yinida mezbonlar va Janubiy Koreya, O‘zbekiston terma jamoasi esa Toif shahridagi "Qirol Fahd" stadionida KXDR bilan kuch sinashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:15 da boshlanadi.
Islom Ismoilov shogirdlari yarim finalgacha bo‘lgan yo‘lni ishonch bilan bosib o‘tdi:
Tailand - 4:1
Xitoy - 2:1
Saudiya Arabistoni - 3:0
Chorak finalda - BAA - 3:1
Ushbu g‘alabalar nafaqat yarim final yo‘llanmasini kafolatladi, balki Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionatiga yo‘llanmani ham taqdim etdi.
Turnirning asosiy qahramoni Asilbek Aliyev bo‘ldi, u allaqachon 5 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida yetakchilik qilmoqda. Uning eng yaqin ta’qibchilari 3tadan gol urishdi, ammo ularning ba’zilari allaqachon turnirni tark etishdi, bu esa hujumchimizning Kubokning eng yaxshi to‘purari bo‘lish imkoniyatini oshiradi.
Yosh "oq bo‘rilar" hujumda ham, himoyada ham yetuk va ishonchli o‘yin namoyish etmoqda va aynan bugun ular chempionlik sari yana bir qadam tashlash imkoniyatiga ega.

Powered by Froala Editor