Bugun va ertaga sayyoramizni kuchli magnit bo'ronlari qoplaydi

Dunyo

Magnit bo'ronlar butun dunyo bo'ylab qisqa to'lqinli radio aloqalarini buzishi va qutb kengliklarida navigatsiyaga xalaqit berishi mumkin. Quyoshdagi X sinfidagi chaqnash bu hodisaning manbai bo'ladi, deb taxmin qilinmoqda.

Bugun va ertaga sayyoramizni kuchli magnit bo'ronlari qoplaydi
Eng kuchli bo’ronlar 12-fevral kuniga to’g’ri keldi.

Mutaxassislarning fikriga ko'ra, ob-havo o'zgarishiga sezgir bo'lgan odamlar o’zlarini yomon his qilishi va kayfiyatlari o'zgarishi mumkin.

Avvalroq, 9-fevral kuni quyosh dog‘larining ulkan to‘planishi Yerda kuchli magnit bo‘ronlarini keltirib chiqarishi mumkinligi ma’lum qilingandi. Quyosh dog'larining bu guruhida kamida to'rtta yadro mavjud bo'lib, ularning har biri Yerdan kattaroqdir. Yadroning tuzilishi shunchalik kattaki, uni hatto Marsdan ham ko'rish mumkin. Buni “Preservance” roverining yangi suratlari tasdiqlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing