Bugun yangi Nukus – Istanbul – Nukus xalqaro reysi yo’lga qo’yildi

O'zbekiston

Bugun, 3-iyun kuni Nukus xalqaro aeroportida Nukus – Istanbul – Nukus yo‘nalishi aviaqatnovining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Bugun yangi Nukus – Istanbul – Nukus xalqaro reysi yo’lga qo’yildi
Parvozlar dushanba kunlari amalga oshiriladi.

Ushbu yangi yo‘nalish Qoraqalpog‘istonni Turkiya poytaxti bilan bog‘lab, har ikki mamlakat aholisiga sayohat va biznes uchun qulay imkoniyat yaratadi.

Aviachiptalarni www.uzairways sayti yoki Google Play va App Store’dan yuklab olish mumkin bo‘lgan Uzbekistan Airways mobil ilovasida xarid qilish mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing