Prezident ta'lim sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda

O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya sohasi vakillari bilan uchrashuvni davom ettirmoqda. Uchrashuv doirasida yuksak natijalarga erishgan pedagoglar davlat mukofotlari bilan taqdirlanmoqda.

Prezident ta'lim sohasi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda
Prezident ta'lim sohasi xodimlarini tabriklar ekan, ularning insoniy va kasbiy fazilatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratish muhimligini ta’kidladi. Jumladan, o‘qituvchilarning huquqiy, ijtimoiy va moliyaviy jihatdan himoya qilinishi zarurligi aytib o‘tildi.

Uchrashuvda mamlakatda ta'lim tizimini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar haqida ham so‘z yuritildi. Pedagogik ta'limga e’tibor kuchaytirilgani, oliy ta'lim muassasalarida sirtqi ta'lim shakli tiklangani va ustamalar soni oshirilgani qayd etildi.

Xorijiy sertifikatlarga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun rag‘batlantiruvchi choralar ko‘rilayotgani aytildi. Hozirgi kunda 6 mingdan ortiq o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda, bu esa avvalgi yillardagi ko‘rsatkichdan sezilarli darajada yuqoridir.

Uchrashuv davomida, shuningdek, ta'lim sohasidagi islohotlarning yana-da kengaytirilishi va kelgusida yoshlar uchun zamonaviy ta'lim imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing