TDT yashil moliya va mintaqaviy xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni kuchaytirmoqda
Dunyo
Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) davlatlari Ostona shahrida ikki yo‘nalish — yashil moliyalashtirish va xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirdi. 9-sentabr kuni Qozog‘iston poytaxtida TDT Yashil moliya kengashining ikkinchi yig‘ilishi va tashkilotga a’zo davlatlar ichki ishlar vazirlarining uchinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Har ikki tadbir TDTning 9–11-sentabr kunlariga mo‘ljallangan rasmiy dasturiga kiritilgan.
Yashil moliya kengashi yig‘ilishida TDT Bosh kotibi, elchi Kubanichbek O‘muraliyev siyosiy kelishuvlarni banklar tomonidan moliyalashtirilishi mumkin bo‘lgan amaliy loyihalar va aniq natijalarga aylantirish zarurligini ta’kidladi. U barqaror, past uglerodli kelajak uchun mintaqaviy yashil loyihalar ma’lumotlar bazasi va amaliy harakat dasturlarini yaratishga chaqirdi.
Astana Finance Days doirasida o‘tkazilgan yig‘ilish TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlarning moliyaviy regulyatorlari, iqtisodiyot va moliya vazirliklari hamda fond birjalari vakillarini birlashtirdi. Ishtirokchilar aniq maqsadlarni belgilash, yashil loyihalar portfelini kengaytirish, ma’lumot va tajriba almashish hamda kapital bozorlarini integratsiya qilish masalalarini muhokama qildilar. Yakunda tomonlar “Turkiy yashil nigoh” tamoyillariga sodiqlik va yashil moliya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni tasdiqlovchi kommunikeni imzoladilar.
Shu bilan birga, TDT ichki ishlar vazirlari jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatchilikka qarshi birgalikdagi kurash masalalarini ko‘rib chiqdilar. Odam savdosi, noqonuniy migratsiya va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida axborot almashinuvi ham muhokama qilindi.
Uchrashuvda TDTga a’zo va kuzatuvchi davlatlar o‘rtasida Jinoyatchilikka qarshi kurash kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Yakunda xavfsizlik va jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya imzolandi. Ichki ishlar vazirlarining to‘rtinchi uchrashuvi 2027-yilda Turkiyada o‘tkazilishi belgilandi.

Powered by Froala Editor