O‘zbekiston “Altyn minbar” kinofestivalida eng yaxshi ssenariy mukofotini qo‘lga kiritdi
O'zbekiston
O‘zbekistonlik kinoijodkorlar Ochilbek Hamidov va Sarvar Karimov XXII Qozon xalqaro “Altyn minbar” kinofestivalida eng yaxshi ssenariy uchun mukofot oldi. Hakamlar hay’ati ushbu mukofotni “Fard” filmi uchun topshirdi. Festival yakunlarini yoritgan bir nechta Rossiya nashrlari bu ma’lumotni tasdiqladi.
XXII festival 4–8-sentabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida filmlarni qariyb 10 ming tomoshabin ko‘rdi, Qozon va Tataristonning munitsipal hududlarida rejissyorlar ishtirokida 20 dan ortiq ijodiy uchrashuv o‘tkazildi.
Festivalning bosh mukofoti — eng yaxshi to‘liq metrajli badiiy film uchun Gran-pri — eronlik rejissyor Babak Hajepashining “Farishtalar yeri” (“Zemlya angelov”) filmiga berildi. Kartina operatorlik ishi uchun ham mukofotlandi, ushbu yo‘nalishda Alireza Barazade g‘olib bo‘ldi.
Eng yaxshi rejissyor deb Shri-Lankalik Lalit Ratnayake “Daryo toshi” (“Rechnoy kamen”) filmi uchun tan olindi. Eng yaxshi erkak roli uchun mukofot Priyante Sirikumar, eng yaxshi ayol roli uchun esa eronlik Sulaf Favaherji taqdirlandi. “Eng yaxshi milliy film” nominatsiyasida Ildar Yagafarovning “Alifbo” (“Alifba”) kartinasi g‘olib bo‘ldi.
Festivalning biznes dasturi xalqaro kelishuvlar bilan yakunlandi. Tashkilotchilar Ummon kinofestivali va Malayziyaning IT va kino assotsiatsiyasi bilan hamkorlik bitimlarini, shuningdek Qozon, arab va Yevropa kinofestivallari ishtirokidagi xalqaro festivallar assotsiatsiyasini tuzish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

Powered by Froala Editor