Bugun Yerga kuchli Quyosh plazmasi zarbasi yetib keladi
Dunyo
Rossiya Fanlar akademiyasi huzuridagi Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi olimlari so‘nggi yillarda kuzatilmagan darajada kuchli Quyosh portlashi haqida ogohlantirdi. X5.16 darajadagi portlash bugun Yerga yetib, kuchli magnit bo‘ronini keltirib chiqaradi.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi ikkita portlashning chiqindilari yangi, ancha kuchli uchinchi portlash tomonidan yutiladi. Aynan shu portlash Yerga yetib keladi va magnit muvozanatni buzadi.
X5.16 sinfidagi portlash radioaloqa va navigatsiya tizimlariga ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, o‘rta kengliklarda ham qutb yog‘dularini paydo qilishi mumkin.
Magnit faolligining cho‘qqisi 13 noyabr tongida kutilmoqda. Olimlar meteohissiy odamlarga tinchlikni saqlashni va ortiqcha zo‘riqishlardan saqlanishni tavsiya qilmoqda.

Powered by Froala Editor