Buxoro viloyatida brakonerlik va noqonuniy saksaul kesilishi aniqlandi
O'zbekiston
Buxoro viloyatida ekopoliya tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida brakonerlik va saksaulning noqonuniy kesilishi holatlari aniqlanib, tabiatga yetkazilgan zarar 48 mln so‘mdan oshdi.
Milliy ekologiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, ekopoliya xodimlari Buxoro viloyatida tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan reydlar o‘tkazdi.
Tekshiruvlar davomida 10 nafar fuqaro yovvoyi qushlarni noqonuniy ovlagani aniqlandi. Ular 94 ta yovvoyi o‘rdak va 23 ta qizilishton (lysuxa)ni ovlab, hayvonot olamiga 48 mln so‘mlik zarar yetkazgan.
Shuningdek, reydlar chog‘ida saksaulning noqonuniy kesilishi holati ham fosh etildi. Ushbu qonunbuzarlikka aloqador bo‘lgan ikki nafar fuqaro javobgarlikka tortildi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Powered by Froala Editor