Buyuk Britaniya O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishini tezlashtirishga yordam beradi
Iqtisodiyot
Buyuk Britaniya O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida to‘liq qo‘llab-quvvatlashini rasman tasdiqladi. Tomonlar, shuningdek, integratsiya jarayonini tezlashtirish uchun texnik yordamni kengaytirishga kelishib oldilar.
Londonda O‘zbekiston prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning Buyuk Britaniya hukumati vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar davomida Buyuk Britaniya O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, tomonlar quyidagi qadamlar to‘g‘risida kelishib oldilar:
- Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan iqtisodiy o‘sish va taraqqiyot dasturi doirasida texnik ko‘makni kengaytirish;
- O‘zbekistonlik mutaxassislarning institutsional salohiyatini mustahkamlash va xalqaro savdo sohasida ularning malakasini oshirish.
Londonning ushbu qadami O‘zbekistonning jahon savdo tizimiga to‘laqonli qo‘shilishi yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochadi.

Powered by Froala Editor