BYD O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda BYD elektromobillarini ishlab chiqarish loyihasi yangi rivojlanish bosqichiga o‘tishi mumkin — ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda.

BYD O‘zbekistonda elektromobillar ishlab chiqarishni kengaytirishni rejalashtirmoqda
8-iyul kuni O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov BYD kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqalari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Cao Shuang bilan uchrashdi.

Tomonlar 2024-yil iyun oyida Jizzax viloyatida yo‘lga qo‘yilgan BYD avtomobillarini ishlab chiqarish loyihasining joriy natijalari va korxonani yanada rivojlantirish rejalarini muhokama qildi.

Ustuvor yo‘nalishlar qatorida ishlab chiqarish infratuzilmasini kengaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish va eksport salohiyatini mustahkamlash belgilandi. Shuningdek, tashqi bozorlarga yetkazib berishni ko‘paytirish hamda O‘zbekistonda tezkor quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash va BYD loyihasini O‘zbekistonda izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing