Byudjetdan taʼlim va sog‘liqni saqlashga katta mablag' ajratiladi
O'zbekiston
2025-yil uchun O‘zbekiston davlat byudjeti daromadlari 308,5 trillion so‘m, xarajatlari 344,6 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda.
Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi. Kelasi yilda ijtimoiy xarajatlarning aksariyat qismini (47,3 foiz) taʼlimga yo‘naltirish belgilanmoqda.
Jumladan, 2025-yilda ushbu sohaga jami 84,3 trillion so‘m ajratiladi.
Shundan: Maktabgacha taʼlimga 15,8 trillion so‘m;
Umumiy o‘rta taʼlimga 54 trillion so‘m;
Professional taʼlimga 7,8 trillion so‘m;
Oliy taʼlimga 6,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Taqqoslash uchun, 2025-yilda taʼlimga ajratiladigan mablag‘ miqdori 2024-yilda kutilayotgan xarajatlarga nisbatan 13,2 trillion so‘mga ko‘proq bo‘ladi.
2025-yilda davlat byudjetidan sog‘liqni saqlash sohasiga 41,2 trillion so‘m yo‘naltirish rejalashtirilmoqda.
Shu bilan birga, madaniyat xarajatlariga 3,8 trillion so‘m, jismoniy tarbiya va sport chiqimlariga 3,2 trillion so‘m sarflanadi. Fan sohasiga esa 2,2 trillion so‘m beriladi. Ijtimoiy himoyaga 17,3 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

Powered by Froala Editor