Prezidentimiz tashabbusi bilan Germaniyada "madaniyat" festivali tashkil etildi

Dunyo

Berlin filarmoniyasida "Markaziy Osiyo – Germaniya hamkorligi: kelajak bugundan boshlanadi" musiqa va filmlar festivali ochilish marosimi bo‘lib o‘tganini "Dunyo" AA xabar qilmoqda.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Germaniyada "madaniyat" festivali tashkil etildi
Mazkur festival o‘tgan yili sentyabr oyida Berlin shahrida bo‘lib o‘tgan "Markaziy Osiyo – Germaniya" formati bo‘yicha birinchi sammitda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Berlin shahrida Markaziy Osiyo madaniyati va san'ati kunlarini tashkil etish tashabbusi asosida Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida "Dr. Gabriele MINZ GmbH Internationale Kulturprojekte" tashkiloti va Markaziy Osiyo davlatlari madaniyat vazirliklari tomonidan ushbu mamlakatlar elchixonalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda olti mamlakat musiqachilari o‘zlarining an'anaviy va yangi musiqa yo‘nalishlarini namoyish qilish maqsadida, tabiatning olti asosiy elementi - yog‘och, havo, olov, yer, metal va suvga bag‘ishlangan asarlarini namoyish etdilar.

Mamlakatimiz vakillari Markaziy Osiyo davlatlari qatori ushbu xalqaro madaniy dasturda faol ishtirok etdilar.

O‘zbekistonlik musiqa guruhi (trio) vokal yo‘nalishida o‘z mahoratini xalqaro sahnada namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Festivalda Germaniyaning hukumat a'zolari, turli vazirlik va idoralar rasmiylari, ishbilarmonlar, mamlakatda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, Berlin shahri aholisidan va mehmonlardan, shuningdek, jurnalistlar ishtirok etishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing