Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etdi

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi chaqiriq Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida qatnashmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlament saylovidan keyingi birinchi majlisida ishtirok etdi
Mamlakatimizda o‘tkazilgan saylovlar mahalliy kengashlar faoliyatida ham yangi davrni boshlab berayotgani ta’kidlandi.

Konstitutsiyaviy islohotlar natijasida Senat tarkibi ixchamlashib, uning a’zolari soni 100 nafardan 65 nafarga qisqardi.

Ayni vaqtda senatorlarning vakolatlari va mas’uliyati bir necha barobar oshdi.

Xususan, yuqori palataning parlament nazorati va bir qator muhim davlat organlarini shakllantirishdagi ishtiroki sezilarli ravishda kengaytirildi.

Ilgari senatorlar nazorat tadbirlarida yoki saylovchilar bilan uchrashuvlarda qonunlarda aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha aniq vakolatga ega emas edi.

Yangilangan Konstitutsiyada Senatga qonunchilik taklifini kiritish huquqi berilishi bilan masala o‘z yechimini topdi.

Prezident yangi saylangan senatorlarimiz endi bu jarayonlarda faol bo‘lishiga ishonch bildirdi

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing