«C5»dan «C6»ga: Ozarbayjon mintaqaviy integratsiyadagi rolini kuchaytirmoqda
Iqtisodiyot
«C5» formatidan «C6» formatiga o‘tish Ozarbayjonning mintaqadagi roli kengayayotgani hamda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi aloqalar chuqurlashayotganini ko‘rsatadi. Bu haqda Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati Parvana Valiyeva Oxu.Az nashriga bergan izohida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Boku Markaziy Osiyo bilan munosabatlarni faqat ikki tomonlama aloqalar doirasida emas, balki iqtisodiy, transport va energetik integratsiyaning kengroq tizimi sifatida ko‘rmoqda. Bu jarayonda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar alohida o‘rin tutadi. Deputatning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar strategik sheriklikdan ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘tarilgan.
Iqtisodiy hamkorlik asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi uch baravardan ko‘proqqa oshib, $795 mlnga yetdi. Valiyeva investitsiyalarni ko‘paytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish va yangi loyihalarni amalga oshirish yangi ishlab chiqarish hamda investitsiya zanjirlarini shakllantirishga xizmat qilishi mumkinligini qayd etdi.
Transport sohasida Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temir yo‘lini O‘rta yo‘lak bilan integratsiya qilish mintaqaning transport xaritasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistonning «Yashil koridor» tashabbusi doirasidagi hamkorligi, jumladan, qayta tiklanuvchi energiyani Kaspiy dengizi tubi orqali uzatish istiqbollari ham alohida ahamiyatga ega.
Valiyeva Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik va 2026-yilda ikki davlat tomonidan NNTlar uchun qo‘shma grant tanlovining e’lon qilinganini ham muhim yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.

Powered by Froala Editor