CAMU Xitoyning nufuzli tibbiyot universiteti bilan qo‘shma dasturni amalga oshiradi

O'zbekiston

Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga amaliy tashrif doirasida Uxan shahrida “Wuhan Langyan Technology Co., Ltd” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda farmatsevtika sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

CAMU Xitoyning nufuzli tibbiyot universiteti bilan qo‘shma dasturni amalga oshiradi
Shuningdek, Farg‘ona shahridagi CAMU (Xalqaro tibbiyot universiteti) rahbariyati ishtirokida Uxan universiteti tibbiyot fakulteti vitse-prezidenti, Uxan shahar sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Lyu Syaoli hamda universitet mas’ullari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatida qo‘shma ta’lim dasturi asosida talabalar tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga muvofiq, Farg‘ona tomoni zarur binolar bilan ta’minlaydi, Xitoy tomoni esa o‘quv jihozlari hamda ta’lim dasturlarini joriy etadi. Loyiha doirasida bitiruvchilarga ikki diplom berilishi belgilandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing