Centrum Air O'zbekiston va Tailand o'rtasida yangi aviayo'nalishni ochmoqda

O'zbekiston

O‘zbekiston sayohatchilari uchun yana bir yangi yo‘nalish. Centrum Air 2025-yil 1-apreldan boshlab Toshkent – Bangkok yo‘nalishida parvozlarni boshlashini e’lon qildi. Centrum Air parvozlarni haftasiga ikki marta tor fuzelyajli Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiradi.

Centrum Air O'zbekiston va Tailand o'rtasida yangi aviayo'nalishni ochmoqda
Ushbu yo‘nalishda aviakompaniya Uzbekistan Airways bilan raqobatlashadi, chunki milliy aviakompaniya Bangkokga Boeing 767-300 samolyotlarida parvozlarni bajarib kelmoqda.

Centrum Air'ning Bangkokka parvozlarni yo‘lga qo‘yishi O‘zbekistonni global aviatsiya markaziga aylantirish strategiyasining bir qismi hisoblanadi. Aviakompaniya Toshkentni Sharq va G‘arb o‘rtasidagi tranzit markazi sifatida rivojlantirishni maqsad qilgan.

Bangkok yo‘nalishidan tashqari, Centrum Air Seulga ham parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, yozgi jadvalga muvofiq, kompaniya Toshkentdan quyidagi yo‘nalishlarda parvozlarni boshlaydi:

Rossiya – Moskva, Qozon, Novosibirsk

Qozog‘iston – Olmaota

Ozarbayjon – Boku

Gruziya – Tbilisi

Isroil – Tel-Aviv

Centrum Air o‘zining rivojlanish strategiyasi doirasida 18–19-mart kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MRO Central Asia 2025 samolyot texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yirik mintaqaviy konferensiyada ishtirok etadi.

Ushbu tadbir aviakompaniyaning mintaqaviy va xalqaro aviatsiya sanoatidagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing