O‘zbekiston bayram munosabati bilan Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatladi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan mehr-oqibat va ko‘mak ramzi sifatida Qurbon hayitini nishonlash doirasida Afg‘onistonga 183 tonnalik navbatdagi insonparvarlik yordami jo‘natildi.

O‘zbekiston bayram munosabati bilan Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatladi
Un, guruch, shakar, makaron, qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, dukkakli mahsulotlar va tayyor taomlardan iborat insonparvarlik yuki Afg‘onistonning Balx viloyatiga yetkazildi. Xayraton shahrida, "Astras" kompaniyasining logistika markazi hududida O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Balx viloyati vitse-gubernatori Nurulxodi Abuydrika, shuningdek, ikki mamlakat rasmiy vakillari ishtirokida tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Afg‘oniston tomoni ko‘rsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga chuqur minnatdorlik bildirib, Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklarini yo‘lladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing