Centrum Air Toshkentdan Krasnodarga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi

O'zbekiston

Centrum Air aviakompaniyasi yangi yo‘nalishni ochmoqda: 17-iyundan boshlab Toshkentdan Krasnodarga muntazam reyslar yo‘lga qo‘yiladi. Parvozlar chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Centrum Air Toshkentdan Krasnodarga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Krasnodar Rossiyaning Janubiy federal okrugidagi eng yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan biri bo‘lib, Forbes jurnali tomonidan uch marta mamlakatda biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb topilgan. Shahar ishbilarmonlar uchun ham, sayyohlar uchun ham jozibador: bu yerda Rossiyaning eng chiroyli bog‘laridan biri bo‘lgan Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora va Azov dengizlari sohillarigacha esa atigi yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.

Yangi yo‘nalish bo‘yicha chiptalar bir tomonga 1 600 000 so‘mdan boshlab sotuvga chiqarilgan.

Ularni centrum-air.com rasmiy sayti, shuningdek, Centrum Air mobil ilovasi (App Store  va Google Play) orqali xarid qilish mumkin.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing