Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Pokistonga amalga oshirgan tashrifi doirasidagi nutqida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish masalasini alohida ta’kidlab, joriy yil aprel oyidan boshlab Centrum Air Lohor yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini, My Freighter esa Karachiga yuk tashuvlarini ochishini qayd etdi.
Yangi yo‘nalishlar ishbilarmonlik, turizm va logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
«Centrum Air va My Freighter loyihalari davlatlararo kun tartibining bir qismiga aylanayotgani hamda mintaqaning transport bog‘liqligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash jarayonining bir qismi bo‘layotganimizdan chin dildan xursandmiz. Yangi yo‘nalishlarning ochilishi bu shunchaki parvozlar geografiyasini kengaytirish emas, balki biznes, turizm va hududlarimizning qo‘shma rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan barqaror “havo ko‘prigi”ni shakllantirish hamdir», – dedi Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov.

Powered by Froala Editor