Yaponiya Rossiyadagi talabalar stajirovkalarini qayta tiklamoqda
Dunyo
Yaponiya COVID-19 pandemiyasi va keyinchalik davlat darajasidagi gumanitar almashinuvlarning to‘xtatilishi sabab uzilgan Rossiya oliy ta’lim muassasalaridagi qisqa muddatli talabalar stajirovkalarini qayta yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Tokio murakkab xalqaro vaziyatga qaramay, yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolish muhimligini ta’kidlamoqda.
Yaponiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Tashqi ishlar vazirligi 2026-yil avgust oyidan boshlab talabalarni yana Rossiya universitetlariga yuborishni rejalashtirgan. Dastur 1999-yildan buyon yoshlar almashinuvi doirasida amalga oshirib kelinadi va Yaponiya TIV tomonidan moliyalashtiriladi.
Stajirovkalar 2020-yilda pandemiya sabab to‘xtatilgan, 2022-yilda esa Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro boshlanganidan so‘ng davlat darajasidagi madaniy va gumanitar almashinuvlar bekor qilingan edi. Endilikda Tokio insonlar o‘rtasidagi aloqalarni uzoq muddatli hamkorlikning muhim omili sifatida qayta tiklamoqchi.
Stajirovkalar bir necha hafta davom etadi. Ishtirokchilar yapon tilini o‘rganayotgan rossiyalik talabalar bilan muloqot qiladi hamda mamlakatning madaniy va ta’lim muhitini yaqindan o‘rganadi. 2026-moliya yilida Rossiyaga bir necha o‘n nafar talaba yuborilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, Yaponiya Rossiyaga nisbatan amaldagi iqtisodiy sanksiyalar va eksport cheklovlarini saqlab qolmoqda. TIV gumanitar almashinuvlar sanksiya siyosatidan alohida ko‘rib chiqilishini ta’kidlamoqda.

Powered by Froala Editor