Ozarbayjon va O‘zbekiston geologik qidiruv sohasida kuchlarini birlashtirmoqda
Iqtisodiyot
Ozarbayjon va O‘zbekiston sanoat, investitsiyalar hamda konchilik sohasidagi strategik hamkorlikni yanada kengaytirmoqda. Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishidagi asosiy natijalardan biri O‘zbekistonda geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun qo‘shma korxona tashkil etish bo‘ldi.
Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Mikoil Jabborov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 15-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov bilan ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida yangi ishlab chiqarish zanjirlarini shakllantirish, O‘rta yo‘lak doirasida transport-logistika aloqalarini rivojlantirish, o‘zaro savdo va strategik investitsiya loyihalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Shuningdek, sanoat, energetika, qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, turizm, metallurgiya, transport va logistika sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida Hamkorlik bo‘yicha qo‘shma hukumatlararo komissiyaning 15-yig‘ilishi bayonnomasi imzolandi.
Bundan tashqari, AzerGold, “O‘zbekgeologiyaqidiruv” AJ hamda Ozarbayjon–O‘zbekiston investitsiya kompaniyasi geologik qidiruv sohasida uch tomonlama qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha shartlar to‘plamini imzoladi. Loyiha O‘zbekistonning istiqbolli hududlarida geologik qidiruv ishlarini olib borish va iqtisodiy jihatdan samarali investitsiya loyihalarini tayyorlashni nazarda tutadi.

Powered by Froala Editor