Centrum Air yanada yuqoriga ko‘tarildi: flot yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi

O'zbekiston

O‘zbekistonning eng jadal rivojlanayotgan xususiy aviakompaniyasi o‘z parkini 11-samolyot bilan to‘ldirdi.

Centrum Air yanada yuqoriga ko‘tarildi: flot yangi Airbus A321neo bilan to‘ldirildi
Surat muallifi Gerrit Griem
Centrum Air aviakompaniyasi o‘zining navbatdagi yangi samolyoti — Airbus A321neo ni qabul qilib oldi. Bu kompaniya parkidagi 11-samolyot va NEO oilasidagi beshinchisi hisoblanadi. UK32132 raqamli havo kemasi Gamburgdagi Airbus zavodida yig‘ilgan va 2 soat 25 daqiqa davom etgan sinov parvozida barcha tizimlari sinovdan o‘tkazilgan.

Samolyot zamonaviy, ekologik toza va energiyani tejovchi CFMI LEAP-1A33 dvigatellari bilan jihozlangan. Yangi A321neo kompaniya brendiga mos ranglarga bo‘yalgan va yaqin kunlarda xalqaro hamda ichki yo‘nalishlarda parvozlarni boshlaydi.

Atigi 2,5 yil ichida Centrum Air 11 ta samolyotni parvozga chiqarib, 35 dan ortiq yo‘nalishni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kompaniya 2025-yil oxirigacha havo parkini 14 ta samolyotga, 2026-yil oxirigacha esa 21 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.

«Har bir yangi samolyot — bu zamonaviy, qulay va ishonchli aviatashuvga yana bir qadam. Biz texnologiyalar va yo‘lovchi ehtiyojlariga sarmoya kiritmoqdamiz», — dedi kompaniya asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing