Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda: Karachi va Aqto‘bega yangi reyslar
O'zbekiston
Centrum Air xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etmoqda va ikkita yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishni ishga tushirayotganini e’lon qildi. Bu aviakompaniyaning xalqaro tarmog‘ini kengaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Birinchi yo‘nalish — Toshkent (TAS) – Aqto‘be (AKX) 2026-yil 2-avgustdan, ikkinchi yo‘nalish — Toshkent (TAS) – Karachi (KHI) esa 3-sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi. Har ikki yo‘nalish kuzgi parvozlar jadvali doirasida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi va O‘zbekistonni Qozog‘iston hamda Pokistonning muhim iqtisodiy markazlari bilan ishonchli havo aloqasi orqali bog‘laydi.
Ushbu ikki yangi yo‘nalishning ochilishi Centrum Air yo‘lovchi tashuvlari faoliyatini rivojlantirishdagi muhim strategik qadam hisoblanadi. Toshkent – Aqto‘be yo‘nalishi G‘arbiy Qozog‘istonning eng yirik iqtisodiy markazlaridan biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkonini yaratadi. Toshkent – Karachi yo‘nalishi esa Pokistonning eng yirik port shahri va asosiy iqtisodiy markazi bilan bevosita aviaqatnovni ta’minlaydi. Har ikki yo‘nalish Centrum Air’ning Markaziy, Janubiy va G‘arbiy Osiyodagi rivojlanayotgan tarmog‘ini yanada mustahkamlab, biznes safarlari, turizm va madaniy almashinuv rivojiga xizmat qiladi.
Toshkent – Aqto‘be
Yangi yo‘nalish quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Yakshanba va chorshanba
C6213 reysi: Toshkent 21:40 – Aqto‘be 00:00
C6213 reysi: Toshkent 21:20 – Aqto‘be 23:40
Dushanba va payshanba
C6214 reysi: Aqto‘be 01:00 – Toshkent 03:10
C6214 reysi: Aqto‘be 00:50 – Toshkent 03:00
Aviachiptalar narxi:
Toshkent – Aqto‘be: 1 259 733 so‘mdan (104 AQSH dollari)
Aqto‘be – Toshkent: 1 130 728 so‘mdan (93 AQSH dollari)
Toshkent – Aqto‘be – Toshkent: 2 178 828 so‘mdan (179 AQSH dollari)
Toshkent – Karachi
Mazkur yo‘nalish 2026-yil 3-sentabrdan yo‘lga qo‘yiladi va quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Payshanba
C6565 reysi: Toshkent 00:50 – Karachi 04:20
C6566 reysi: Karachi 05:20 – Toshkent 08:20
Shanba
C6565 reysi: Toshkent 23:20 – Karachi 02:35 (ertasi kuni)
C6566 reysi: Karachi 03:35 – Toshkent 06:45
Aviachiptalar narxi:
Toshkent – Karachi: 2 million so‘mdan (173 AQSH dollari)
Karachi – Toshkent: 2,9 million so‘mdan (243 AQSH dollari)
Har ikki yo‘nalish bo‘yicha barcha reyslar zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Ushbu samolyotlar yoqilg‘i tejamkorligi, ishonchliligi va yo‘lovchilar uchun yuqori qulayligi bilan ajralib turadi. Samolyot salonlari mintaqaviy yo‘nalishlarda qulay parvoz uchun zarur barcha sharoitlar bilan jihozlangan.
Yo‘lovchilar har ikki yo‘nalish bo‘yicha aviachiptalarni Centrum Airning rasmiy veb-sayti yoki App Store va Google Play platformalarida mavjud mobil ilovasi orqali bron qilishlari mumkin.

Powered by Froala Editor