Chavandozlarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo’lga kiritdi
Sport
Qirgʻizistonning Bishkek shahrida konkur va ot yoʻrttirish boʻyicha Jahon kubogining final bosqichiga saralash vazifasini oʻtab beruvchi Yevrosiyo ligasining navbatdagi bahslari oʻz nihoyasiga yetdi, deya xabar berdi O’zbekiston MOQ.
Ma’lum qilinishicha, unda qatnashgan Oʻzbekiston terma jamoasi yuqori natijalarni qayd etdi.
Mahoratli chavandozlarimizdan biri Xurshid Alimjonov Leyman laqabli tulporida 130 sm balandlikdagi toʻsiqlardan sakrash bahslarida eng yaxshi natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Musobaqaning ilk kunida ikki yoʻnalishda gʻalaba qozongan Bekzod Qurbonov Matts oti bilan 150 smli dasturda kumush medalga sazovor boʻldi.
Shuningdek, Bahromjon Gaziyev, Bekzod Qurbonov, Oqil Sobirjonov va Aʼzam Tolibboyev jamoaviy dasturda shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olishdi.
Yakunda hamyurtlarimiz ushbu turnirni 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan tugatishdi.
Eslatib o'tamiz, Jahon kubogi, Millatlar kubogi va Yevroosiyo Ligasining ot sporti bo'yicha bosqichi Bishkekda 11–14-may kunlari bo'lib o'tdi.

Powered by Froala Editor