Chin oʻlkasining neft va gaz iste’moli tobora oshib bormoqda

Iqtisodiyot

2023-yil boshidan beri Xitoy neft va gaz importini mos ravishda 12,4% va 7,6% ga oshirdi. Xususan, birgina iyul oyida chet eldan 4,9 milliard dollarga 10,3 million tonna tabiiy gaz sotib olgan.

Chin oʻlkasining neft va gaz iste’moli tobora oshib bormoqda
Xitoy Xalq Respublikasi Bojxona bosh boshqarmasi 8-avgust kuni e'lon qilgan ma'lumotlarga ko'ra, Xitoy 2023-yilning yanvar-iyul oylarida neft va tabiiy gaz importi hajmini mos ravishda 12,4 foizga va 7,6 foizga oshirdi.

Hisobot davrida Xitoy 325,752 million tonna neft import qilib, narx bo'yicha xorijdan xom neft sotib olish 187,293 milliard dollarni tashkil etdi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 12,3 foizga kam. Iyul oyida esa Xitoy chet eldan 23,904 milliard dollarga 43,686 million tonna neft xarid qilgan.

2023-yilning yanvar-iyul oylarida tabiiy gaz importi hajmi 36,9 milliard dollar miqdorida 66,876 million tonnani tashkil etgan. Iyul oyida Xitoy chet eldan 4,9 milliard dollarga 10,3 million tonna tabiiy gaz sotib olgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing