Saida Mirziyoyeva: “O‘zbekfilm” milliy brend va zamonaviy kinoindustriya markaziga aylanishi kerak
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 17 sentyabr kuni Toshkentdagi “O‘zbekfilm” kinostudiyasi faoliyati bilan tanishdi. Uning ta’kidlashicha, studiya milliy brend va mamlakat zamonaviy kinoindustriyasining tayanch markaziga aylanishi kerak.
Mirziyoyeva “O‘zbekfilm”ni qariyb bir asr davomida o‘zbek xalqining tarixi, taqdiri va kechinmalarini ekranda aks ettirib kelayotgan milliy kinematografiya beshigi sifatida ta’rifladi. Uning qayd etishicha, sohani yanada rivojlantirish uchun uni boshqarish tizimini o‘zgartirish zarur.
Mirziyoyevaning so‘zlariga ko‘ra, davlat ijodiy jarayonga aralashadigan buyurtmachi emas, balki kino sohasini rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun sharoit yaratadigan strategik hamkor bo‘lishi kerak. Kinoindustriyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchi esa xususiy kinostudiyalar, mustaqil prodyuserlar va ijodkorlar bo‘lishi lozim.
Film ishlab chiqarishdan tortib uni tomoshabinga yetkazishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bunga moliyalashtirish, distribyutsiya, prokat, xalqaro festivallarda ishtirok etish va kinomahsulot eksporti kiradi. Milliy kino merosini saqlash, restavratsiya qilish va raqamlashtirish tizimini mustahkamlashga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, yangi avlod mutaxassislarini tayyorlash va xalqaro tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytirish ko‘zda tutilmoqda. Mirziyoyeva rejissyorlar va boshqa kino ijodkorlarining fikri, tajribasi va nufuzi munosib qadrlanadigan professional muhit hamda o‘zini o‘zi tartibga solish madaniyatini shakllantirish muhimligini ta’kidladi.
Tashrif yakunida u Abu Ali ibn Sinoning bolalik davri haqida hikoya qiluvchi tarixiy film suratga olinayotgan maydonni ko‘zdan kechirdi. Mirziyoyeva dekoratsiyalar ko‘lami va ijodiy jamoa ishini yuqori baholab, film ijodkorlariga muvaffaqiyat tiladi.

Powered by Froala Editor