Davlatimiz rahbari Kallibek Kamalov xotirasini yod etdi
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpogʻiston Respublikasiga keldi.
Safarni boshlashdan avval mamlakatimiz yetakchisi atoqli davlat va jamoat arbobi Kallibek Kamalovning xonadoniga tashrif buyurdi. Qurʼon tilovat qilinib, marhumning haqqiga duoi fotiha qilindi.
Prezidentimiz marhumning ibratli hayot yoʻli, ezgu ishlari va el-yurt ravnaqi yoʻlidagi xizmatlarini yodga oldi. O‘tganlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, kattalarni e’zozlash yosh avlod uchun ibrat ekanini ta’kidladi.
Joriy yil fevral oyida vafot etgan Kallibek Kamalov koʻp yillar Qoraqalpogʻistonda rahbarlik lavozimlarida ishlab, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat va qishloq xoʻjaligini ravnaq toptirish, aholi turmushini yaxshilashga katta hissa qoʻshdi.
Keyingi yillarda nuroniylar jamoatchilik kengashi raisi sifatida keksalarni qoʻllab-quvvatlash, hamjihatlikni mustahkamlash va yoshlar tarbiyasida faol ishtirok etdi. Xizmatlari “Shuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Powered by Froala Editor