Sherzod Asadov davlat organlari axborot xizmatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O'zbekiston
Toshkent viloyatida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida “Axborot xizmatlari faoliyati: tahlil, tajriba va rivojlanish” o‘quv-amaliy seminari doirasida tashkil etildi.
Ishtirokchilar axborot bo‘linmalari faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, mavjud muammolar va ustuvor vazifalarni ko‘rib chiqdilar. Tez o‘zgarayotgan raqamli muhit sharoitida axborot xizmatlaridan tezkorlik, tashabbuskorlik va yuqori professional mas’uliyat talab etilishi ta’kidlandi.
Aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega axborotni o‘z vaqtida, aniq va tushunarli yetkazish, ehtimoliy inqirozli vaziyatlarga oldindan tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari bilan konstruktiv hamkorlik qilish, axborot ochiqligi va xavfsizlik o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash ham ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.
Seminarda axborot xizmatlari faoliyatining tahliliy o‘rganish natijalari ham ko‘rib chiqildi. Jurnalistlar va jamoatchilik bilan ochiq muloqot axborot xizmatlarining asosiy vazifasi, bunday ishlarning sifati esa ularning samaradorligini baholashning muhim mezoni ekani ta’kidlandi. Muhokama yakunida bildirilgan takliflarni umumlashtirish va ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Seminar doirasida sun’iy intellektdan oqilona va samarali foydalanish, raqamli vositalar yordamida kontent yaratish, axborotni tahlil qilish hamda kommunikatsiya jarayonlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan taqdimotlar ham o‘tkazildi.

Powered by Froala Editor