1-apreldan AI-80 benzin narxi oshadi

O'zbekiston

2024-yil 1-apreldan AI-80 markali benzin narxlari yana oshadi, chunki shu sanadan unga qoʻllaniladigan aksiz soligʻi miqdori koʻtariladi.

1-apreldan AI-80 benzin narxi oshadi


‌Shu sanadan boshlab neft mahsulotlari va boshqa aksiz toʻlanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalari quyidagicha oʻzgaradi:

1. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi aksiz soligʻi:

- AI-80 benzini mahsulotining 1 tonnasi uchun 303 000 soʻmdan 340 000 soʻmga (37 000 soʻmga);

aviakerosin (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 242 000 soʻmdan 271 000 soʻmga (29 000 soʻmga);

-dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 291 000 soʻmdan 326 000 soʻmga (35 000 soʻmga);

-EKO dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 262 000 soʻmdan 293 000 soʻmga (31 000 soʻmga);

2. Neft mahsulotlarini va suyultirilgan gazni yakuniy isteʼmolchiga realizatsiya qilishda aksiz soligʻi:

-AI-80 benzin uchun mahsulotining 1 tonnasi uchun 565 000 soʻmdan 633 000 soʻmga (68 000 soʻmga);

-dizel yoqilgʻisi (sintetikdan tashqari) mahsulotining 1 tonnasi uchun 516 000 soʻmdan 578 000 soʻmga (68 000 soʻmga);

-suyultirilgan gaz mahsulotining 1 tonnasi uchun 807 500 soʻmdan 904 000 soʻmga (96 500 soʻmga) oshishi belgilangan.

Shu munosabat bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ neft mahsulotlari va suyultirilgan gazini birja savdolari orqali sotishdagi boshlangʻich narxlari 2024-yil 1-apreldan boshlab aksiz soligʻi oʻzgarishi inobatga olingan holda shakllantirilgan boshlangʻich narxlarda amalga oshiriladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing