Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi

O'zbekiston

2025-yil 6-yanvar kuni “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1-sonli hukumat qarori qabul qilindi.

Davlat bog‘chalarida sog‘lom ovqatlantirish tartibi takomillashtiriladi
Qarorga ko‘ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga o‘tkazish;

“Yagona mavsumiy taomnoma”ni joriy etish hamda oziq-ovqat xarajatlarining hisobini “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritish;

davlat bog‘larida tarbiyalanuvchilarni “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida respublika hududlari kesimida bir tarbiyalanuvchi uchun kunlik ovqatlantirish xarajatini belgilash orqali ovqatlantirish.

Shuningdek, Ta’lim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi.

Davlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Qaror bilan “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizom tasdiqlandi.

Davlat bog‘chalari tarbiyalanuvchilarning sog‘lom, xavfsiz va sifatli ovqatlanishini ta’minlash maqsadida 2025 yil 1 iyulgacha “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.

2025 yil 1 iyulgacha sog‘lom ovqatlantirish tashkil etiladigan davlat bog‘chalarida tadbirkorlar bilan belgilangan tartibda shartnomalar tuzilishi va autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing