Tolibon NATOdan Afg‘onistondagi 20 yillik urush uchun reparatsiyalar to‘lashni talab qildi

Dunyo

Tolibon harakati G‘arb davlatlaridan Afg‘onistonda 20 yil davomida ularning harbiylari tomonidan sodir etilgan harakatlardan jabr ko‘rgan afg‘onlar uchun reparatsiyalar to‘lashni talab qildi. Tolibon vakili Zabihullo Mujohid harbiy bosib olish davrida shafqatsizliklarga duch kelgan odamlarga kompensatsiyalar to‘lanishi kerakligini ta’kidladi.

Tolibon NATOdan Afg‘onistondagi 20 yillik urush uchun reparatsiyalar to‘lashni talab qildi
Britaniyalik The Daily Telegraph nashri, Buyuk Britaniya maxsus bo‘linmalari (SAS) tinch afg‘on fuqarolarini, jumladan bolalarni qasddan qatl qilish siyosatini amalga oshirganlikda ayblanganini xabar qilgan edi.

Ushbu ayblovlar Afg‘onistonda sodir etilgan urush jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha jamoatchilik tinglovlari davomida ko‘tarilgan. Guvohlardan biri, Buyuk Britaniyaning maxsus kuchlari tomonidan "axloqsiz va g‘arazli siyosat" yuritilgani, ular hatto 16 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarni ham nishonga olganini, bunday holatlarda hech qanday tahdid mavjud bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Harbiy tahlilchi Zalmay Afg‘onyar ToloNews nashriga bergan intervyusida, nafaqat britaniyaliklar, balki Yevropa Ittifoqi bayrog‘i ostida Afg‘onistonda faoliyat yuritgan 47 davlat ham urush jinoyatlari sodir etganini ta’kidladi. U Gag xalqaro sudida ushbu holatni tergov qilish uchun komissiya tashkil etilishi, zarar yetkazgan davlatlarning kompensatsiyalar to‘lashi va xalqaro sudga topshirilishi zarurligini aytdi.

The Guardian nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 2010–2013 yillarda Buyuk Britaniyaning maxsus bo‘linmalari tomonidan Afg‘onistonning Gilmend viloyatida kamida 80 ta tinch aholi o‘ldirilgan. Birgina britaniyalik askar o‘zining olti oylik xizmatida 35 nafar afg‘on tinch aholisini qatl etgani ma’lum qilingan.

Tolibon vakillari NATOga a’zo davlatlardan, xususan, Buyuk Britaniyadan 20 yillik urush uchun milliardlab dollar miqdorida reparatsiyalar to‘lashni talab qilish rejasi haqida birinchi marta 2021 yilning kuzida ma’lum qilgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing