Davlat granti bo’yicha 2024/2025 oʼquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

O'zbekiston

Qoʼshimcha ball beriladigan imtiyozga ega abituriyentlar oʼtish bali va undan yuqori ball toʼplasa, toʼplagan baliga mos ravishda grant yoki toʼlov-kontrakt asosida qoʼshimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Davlat granti bo’yicha 2024/2025 oʼquv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
O’zbekiston Prezidentining “2024/2025 oʼquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari toʼgʼrisida” farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga koʼra, yangi o’quv yilida davlat OTMlariga oʼqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari bakalavrlar tayyorlash boʼyicha kunduzgi taʼlim shakliga — 34 838 nafar, magistrlar tayyorlash boʼyicha — 9 365 nafar etib belgilandi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bir hafta muddatda quyidagi takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan 1200 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

Oila va xotin-qizlar qoʼmitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 2000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

oʼzbek tili va adabiyoti, tarix, madaniyat, sanʼat va hunarmandchilik yoʼnalishlarida oʼqish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat granti boʼyicha.

Bundan tashqari, davlat oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʼplagan baliga nisbatan maʼlum miqdordagi qoʼshimcha ball beriladigan shakldagi imtiyozga ega abiturientlar 2024/2025 oʼquv yilida tanlagan taʼlim yoʼnalishi boʼyicha belgilangan oʼtish bali va undan yuqori ball toʼplagan taqdirda, toʼplagan baliga mos ravishda davlat granti yoki toʼlov-kontrakt asosida qoʼshimcha kvota bilan talabalikka tavsiya etiladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing