Diniy ta'lim olish istagidagi o'zbekistonlik yoshlar, Misrda o'qishi uchun memorandum imzolandi

O'zbekiston

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mitasi va Misrning Al-Azhar majmuasi o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Diniy ta'lim olish istagidagi o'zbekistonlik yoshlar, Misrda o'qishi uchun memorandum imzolandi
Hozirgi kunda Al-Azhar majmuasi bilan kadrlar tayyorlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, xalqaro konferensiya va seminarlar o'tkazish bo'yicha yaqin hamkorlik o'rnatilgan.

Imzolangan anglashuv memorandumi diniy ta'lim olish istagidagi o'zbekistonlik yoshlarning Al-Azhar majmuasi va uning tarkibidagi o'quv muassasalariga qabul qilishni tartibga soladi.

Hujjatda ta'lim yo'nalishida o'zaro axborot va tajriba almashish, birgalikda xalqaro anjumanlar tashkil qilish, buzg'unchi soxta diniy g'oyalar va ekstremizm ko'rinishlari tarqalishining oldini olishga qaratilgan targ'ibot ishlarini amalga oshirish va islom merosini chuqur o'rganish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish kabi bir qator vazifalar belgilagan. Bu haqida Dunyo AA xabar bermoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing