Eron qanday qurollar bilan Isroilga javob qaytarmoqda?
Dunyo
Isroilning Eron yadroviy obyektlariga uyushtirgan havo hujumlari ortidan, rasmiy Tehron kuchli harbiy javob berishini bildirdi. Prezident Masud Pezeshkian allaqachon 100 ta dron uchirilganini ma’lum qilar ekan, “yana ham kuchli zarba” haqida ogohlantirdi.
Isroilning zarbalari natijasida bir nechta yuqori martabali harbiylar va yadro fiziklari halok bo‘lgan. Bunga javoban Eron yadro dasturini tezlashtirishi, bu esa mintaqaviy xavfsizlikni jiddiy tahdid ostiga qo‘yishi mumkin. G‘arb razvedkasi Eronning yadro quroli yasash uchun zarur darajada boyitilgan uranga ega ekanini ma’lum qildi.
Vashingtondagi Yaqin Sharq instituti ekspertlari Eronning imkoniyati faqat yadro quroli bilan cheklanmasligini ta’kidlamoqda. Mamlakatda 3 000 dan ortiq ballistik raketa, gipertovushli qurollar va zamonaviy dronlar borligi qayd etiladi. Bu arsenal Isroilning “Temir gumbaz” havo mudofaa tizimini yengib o‘tishi mumkin.
Bundan tashqari, Eronning elektron urush va kiberhujum salohiyati ham muhokamada. 2023-yilda Eron kiberhujum orqali Isroil kasalxonalarining elektr tarmoqlarini o‘chirgani aniqlangan. Hozirda Eronning bunday qudratini yana safarbar etishi ehtimoldan holi emas.
Ekspertlar fikricha, eng xavfli ssenariy – bu Eronning Yadro Tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomadan chiqib, to‘liq qurol ishlab chiqarishga o‘tishi bo‘lishi mumkin. Bu esa Isroil bilan to‘qnashuvni global inqirozga aylantirishi mumkin.

Powered by Froala Editor