Eron droni Naxchivon aeroportiga zarba berdi
Dunyo
Eron hududidan uchirilgan dron Ozarbayjonning Naxchivon aeroporti terminaliga zarba berdi. Hujum oqibatida ikki kishi jarohatlandi, Boku esa Tehrondan izoh talab qildi.
Ozarbayjonning Naxchivon Avtonom Respublikasidagi aeroport terminaliga Eron droni urildi. Bu haqda avval mahalliy OAV xabar berdi, keyinroq ma’lumotni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi ham tasdiqladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 5-mart kuni taxminan soat 12:00 da Eron hududidan Naxchivon tomon bir nechta dronlar uchirilgan.
Ularning biri aeroport terminali binosiga urilib, portlash sodir bo‘lgan. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlangan.
Yana bir dron Shekarabad qishlog‘idagi maktab binosi yaqiniga qulagan. Ushbu hodisada jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.
Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi bu hujumni keskin qoralab, uni xalqaro huquq me’yorlariga zid va mintaqadagi keskinlikni kuchaytiruvchi harakat deb baholadi.
Shu munosabat bilan Boku Eron elchisini TIVga chaqirib, rasmiy norozilik notasi topshirdi hamda Tehrondan izoh berishni va bunday holatlarning oldini olish uchun choralar ko‘rishni talab qildi.
Ozarbayjon Mudofaa vazirligi esa mamlakat hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilish uchun zarur javob choralarini tayyorlayotganini ma’lum qildi.

Powered by Froala Editor