O‘zbekiston Yaqin Sharqdan fuqarolarni evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston aviakompaniyalari Yaqin Sharq mamlakatlaridan fuqarolarni evakuatsiya qilishni davom ettirmoqda. Bugungi kunga qadar 41 ta evakuatsiya reysi amalga oshirilib, jami 8800 dan ortiq yo‘lovchi vatanga qaytarildi.
Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Madina va Jiddadan 36 ta reys orqali 7988 nafar fuqaro olib kelindi. Dubaydan esa 5 ta reys orqali 838 nafar vatandosh O‘zbekistonga yetkazildi.
Hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik aviakompaniyalar qo‘shimcha reyslarni bajarishda davom etmoqda. Dubay – Toshkent yo‘nalishida uchta reys, shuningdek Jidda – Toshkent va Jidda – Samarqand yo‘nalishlarida reyslar amalga oshirilmoqda.
Evakuatsiya parvozlari fuqarolik aviatsiyasi uchun ochiq bo‘lgan havo hududiga ega davlatlardan tashkil etilmoqda.
Shu bilan birga, Qatar, Bahrayn va Kuvayt aviatsiya organlari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Yaqin kunlarda ushbu mamlakatlardan ham vatandoshlarni qaytarish uchun charter reyslar tashkil etish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor