Tramp NASA byudjetini qisqartimoqchi
Dunyo
AQSh prezidenti Donald Tramp NASA’ning 2026-yilgi byudjetini 25 foizga qisqartirishni taklif qildi. Bu qaror ilmiy loyihalarning yopilishiga, minglab xodimlarning ishdan bo‘shatilishiga olib kelishi mumkin. Biroq Tramp Oy va Marsga parvozlar uchun mablag‘ni oshirish tarafdori bo‘lib qolmoqda.
NASA byudjetining qisqarishi 40 ta dastur yopilishi va 5500 tagacha xodim ishdan ketishiga sabab bo‘ladi. Tramp bu harakatini davlat qarzini kamaytirish istagi bilan izohlasa-da, umumiy federal byudjet loyihasida 10 yilda 2,5 trillion dollarlik qarz ortishi nazarda tutilgan. Tramp bilan Ilon Mask o‘rtasida bu borada ochiq ziddiyat paydo bo‘ldi.
Shunga qaramay, Oy va Marsga oid pilotli missiyalar uchun mablag‘ oshirilmoqda. 2026-yilga bu yo‘nalishga 8,3 milliard dollar ajratilishi rejalashtirilgan. Ammo Tramp “Artemida” dasturini uchinchi missiyadan so‘ng yopishni taklif qilmoqda. U Oyda bazalar emas, balki Marsga parvozni ustuvor deb bilmoqda.
Olimlar va soha mutaxassislari bu qarorlardan xavotirda. Ular fikricha, “muvaffaqiyatsiz” deb topilgan loyihalarni qanday mezon asosida tanlangani noma’lum. Dunyoga mashhur teleskoplar, Marsdagi va Yupiter atrofidagi apparatlar faoliyatini to‘xtatish esa ilmiy jamoatchilikda “vahshiylik” deb baholanmoqda.
Kongress byudjetni hali tasdiqlamagan. Texaslik senator Ted Kruz NASA’ga qo‘shimcha 10 milliard dollar ajratishni taklif qilgan. Bu mablag‘lar Oy va Marsga oid loyihalarni davom ettirish uchun sarflanishi mumkin. Ammo fundamental ilmiy missiyalarni himoya qilayotganlar hozircha ko‘rinmayapti.

Powered by Froala Editor