Diyora Keldiyorova bolalar dzyudo klubi uchun nufuzli mukofot oldi

Sport

Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova o‘zi tashkil etgan bolalar dzyudo klubi uchun xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi. Uning loyihasi Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) talqiniga ko‘ra bolalar uchun eng yaxshi klub deb topildi.

Diyora Keldiyorova bolalar dzyudo klubi uchun nufuzli mukofot oldi
Taqdirlash marosimi Parijda nufuzli “Katta dubulg‘a” turniri doirasida bo‘lib o‘tdi. Mukofot o‘zbekistonlik sportchining bolalar sportini rivojlantirish va dzyudoni yoshlar orasida ommalashtirishdagi hissasini e’tirof etadi.

Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing