Donald Tramp inauguratsiya marosimini Kapitoliy ichida o‘tkazishga qaror qildi
Dunyo
2025-yil 20-yanvarda AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp o‘z inauguratsiya marosimini Vashingtondagi Kapitoliy binosi ichida o‘tkazishga qaror qildi. Ushbu qaror yomon ob-havo sharoitlari tufayli qabul qilindi. Tramp bu haqida 17-yanvar kuni TruthSocial ijtimoiy tarmog‘idagi postida e’lon qildi.
20-yanvar kuni Vashington shahrida Arktika shamollari esib, rekord darajadagi past harorat kuzatilishi kutilmoqda. Meteorologik xizmat xabariga ko‘ra, kunduzi harorat -5°C atrofida bo‘lsa, kechasi -12°C gacha pasayadi. Saylangan prezident ushbu ob-havo sharoitlari favqulodda vaziyatlar xodimlari, marosim ishtirokchilari va tomoshabinlari uchun xavfli bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Men hech kimning zarar ko‘rishini yoki jarohatlanishini istamayman. Shuning uchun inauguratsiya nutqini va boshqa marosimlarni Kapitoliy rotondasida o‘tkazishga qaror qildim,” — deb yozdi Tramp.
Kapitoliy rotondasidagi zal bir necha yuz kishini sig‘dira oladi. Shu sababli, Trampning tarafdorlari uchun poytaxtdagi Capital One Arena stadionida marosimning jonli efiri tashkil etiladi. Saylangan prezident o‘z lavozimiga kirishgach, tarafdorlari bilan uchrashish uchun stadionga tashrif buyurishini ham ta’kidladi.
Avvalroq Milliy alleyada, Kapitoliy zinapoyasi oldida minglab stullar o‘rnatilgan edi, biroq ob-havo tufayli ular endi kerak bo‘lmaydi.
AQShda prezident inauguratsiyalari odatda ochiq havoda, Kapitoliy binosi oldida o‘tkaziladi. 2017-yilda Donald Trampning birinchi inauguratsiyasi ham aynan shu joyda o‘tkazilgan edi. Tramp ushbu voqeani eslab, 1985-yilda Ronald Reyganning inauguratsiyasi sovuq ob-havo sabab Kapitoliy rotondasiga ko‘chirilganini ta’kidladi.
AFP eslatishicha, AQShning to‘qqizinchi prezidenti Uilyam Genri Xarrison 1841-yilda sovuq shamolda shlyapa va paltosiz uzoq nutq so‘zlagan edi. Bu uning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, bir oy ichida pnevmoniya tufayli vafot etishiga sabab bo‘lgan.

Powered by Froala Editor