Kreml Trampning Rossiya bo‘yicha bayonotlariga javob berdi
Dunyo
Moskva AQSh bilan teng huquqli muloqotga tayyorligini bildirdi, ammo hozircha Vashingtondan hech qanday signal kelmagan. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Trampning Rossiyaga nisbatan sanksion siyosati haqidagi bayonotlariga izoh berdi.
"Biz barcha bayonotlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz va tafsilotlarni e’tiborga olamiz. Prezident Putin bir necha bor teng huquqli va o‘zaro hurmatga asoslangan muloqotga tayyor ekanligini bildirgan. Trampning birinchi prezidentligi davrida bunday muloqot bo‘lgan. Hozir esa signal kutyapmiz, lekin ular hali kelmadi," dedi Peskov.
Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Moskva bilan aloqalarni buzishni istamasligini aytib, Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. Aks holda, u Rossiya eksportiga yangi sanksiyalar va bojlar joriy qilish bilan tahdid qildi.
Peskovning aytishicha, Tramp o‘zining birinchi prezidentlik davrida sanksion siyosatdan faol foydalangan. Shu bilan birga, Rossiyaga nisbatan har qanday dushmanona harakatlarning oqibatlari bo‘lishini ta’kidladi.
Matbuot kotibi AQSh Ukrainaga yordam ko‘rsatish orqali o‘z iqtisodiy manfaatlarini ko‘zlayotganini ham qo‘shimcha qildi: Yevropaga energiya resurslari sotishdan daromad olmoqda, mamlakat ichida yangi ish o‘rinlari yaratmoqda va harbiy buyurtmalar hisobiga mudofaa sanoatini rivojlantirmoqda.
Rossiya muloqotga ochiq ekanligini bildirar ekan, aloqalarda tenglik va hurmatning muhimligini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor