Los-Anjelesda yangi yong‘in: o‘n minglab odamlar evakuatsiya qilindi

Dunyo

Los-Anjeles okrugida "Hyuiz" nomli yangi o‘rmon yong‘ini boshlanib, rasmiylar ommaviy evakuatsiya choralarini ko‘rishga majbur bo‘ldi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 31 ming aholiga majburiy evakuatsiya haqidagi xabarnomalar yuborilgan, yana 23 ming kishi o‘z uylarini tark etishga tayyor bo‘lish haqida ogohlantirilgan.

Los-Anjelesda yangi yong‘in: o‘n minglab odamlar evakuatsiya qilindi
Yong‘in 9,2 ming akr (taxminan 37 kvadrat kilometr) maydonni qamrab olgan va kuchli shamol hamda quruq ob-havo tufayli tez tarqalmoqda. Yong‘in o‘chog‘i Los-Anjeles shahridan 72 kilometr shimoli-g‘arbda, Kastaik ko‘li yaqinida, turar joy va maktablarga yaqin hududda joylashgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun 4 mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi safarbar etilgan. Qiyin sharoitlarga qaramay, hozirda yong‘inning 14 foizini lokallashtirishga muvaffaq bo‘lindi. Hokimiyat vakillari vaziyat dinamik bo‘lib qolayotganini va olovni to‘liq jilovlashga hali erishilmaganini ta’kidlamoqda.

Los-Anjeles okrugi o‘t o‘chirish boshlig‘i Entoni Marronening so‘zlariga ko‘ra, bu yong‘in oy davomida sodir bo‘lgan boshqa katta yong‘inlardan farq qiladi. “Vaziyat keskin, lekin biz resurslarni tezda safarbar qilib, sezilarli yutuqlarga erishdik,” — dedi u.

Qutqaruv xizmatlari hozircha birorta ham uy yoki korxonaga zarar yetmaganini xabar qilmoqda. Biroq kuchayib borayotgan shamollar, tezligi 48 km/soatga yetishi mumkinligi sababli, yong‘in jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Hokimiyat vakillari xavf ostidagi hududlarda yashovchilarga evakuatsiya buyruqlariga amal qilishni va vaziyatning keyingi rivojiga tayyor bo‘lishni qat’iy tavsiya etmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing