Boks: Moʻydinxoʻjayevdan oltin, Doʻsmatovdan nokaut, “Big uzbek”dan ilk raunddayoq gʻalaba

Sport

Bugun, 13-may kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida farg‘onalik bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, andijonlik Hasanboy Doʻsmatov va surxandaryolik Bahodir Jalolov oltin medalni qo‘lga kiritdi va Jahon chempionlariga aylandi.

Boks: Moʻydinxoʻjayevdan oltin, Doʻsmatovdan nokaut, “Big uzbek”dan ilk raunddayoq gʻalaba
67 kg vaznda ishtirok etgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev finalda qozog‘istonlik raqibi Dulat Bekbauov ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Hasanboy Do‘smatov esa 51 kg vaznda fransiyalik bokschi Bilal Bennamaga qarshi ringga ko‘tarildi. Hasanboy raqibini nokautga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

92 kg vazn toifasida ringga koʻtarilgan Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzola Lopesga qarshi jang qildi va 1-raunddayoq raqibini magʻlub etib, ikki karra jahon chempioniga aylandi.

Ma’lumot uchun, musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar 200 ming AQSH dollari, kumush medal sohiblari esa 100 ming AQSH dollari bilan mukofotlanadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing