Dubayda havo taksilari

Dunyo

2026-yil boshiga kelib Dubayda (BAA) havo taksilarini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, bu haqda Dubay universiteti transport texnologiyalari bo‘limi direktori Xolid Al Avadi ma’lum qildi.

Dubayda havo taksilari
Uchadigan taksilar 4 nafar yo‘lovchini sig‘dira oladi va elektr quvvati bilan 320 km/soat tezlikda harakatlanadi. Havo transportlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bilan Joby Aviation shug‘ullanmoqda, stansiyalarni loyihalashtirish bo‘yicha Skyports bilan hamkorlik qilmoqda, ular birgalikda kelajakning innovatsion transporti uchun infratuzilma va texnologiyalarni yaratish ustida ishlamoqda.

Shahar asosiy markazlari bo‘ylab yo‘nalish ochish rejalashtirilgan; Palma Jumeira – Dubay Marina sohilbo‘yi va shahar aeroporti. Parvoz vaqti 10 daqiqa davom etadi, bu esa yer usti transportlariga qaraganda vaqtni sezilarli darajada tejash imkonini beradi.

"2035-yilga kelib Dubaydagi barcha taksilarni elektrli qilish, 2050-yilgacha esa shahar avtobuslarining barcha parkini to‘liq elektrga o‘tkazish rejalashtirilgan", - dedi Al Avadi.

Bundan tashqari, 2025-yilga kelib General Motors bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan haydovchisiz avtomobil taksilarini ishga tushirish kutilmoqda. Bu Dubayning dunyodagi birinchi havo transport tizimiga ega bo‘lishga intilayotganini, bu esa shaharning turistlar va mahalliy aholiga bo‘lgan jozibadorligini oshirishini anglatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing