Dubaydagi konferensiyada O‘zbekiston IT-sanoatining kelajagi muhokama qilindi
Texnologiya
O‘zbekistonning Raqamli Texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov va IT Park Uzbekistan Kuzatuv Kengashi raisi Farhod Ibragimov Dubayda FOM Group vakillari, jumladan, Murat Maxkamov bilan uchrashib, mamlakatda raqamli iqtisodiyot va biznes imkoniyatlari haqida muzokaralar olib bordi.
Ushbu uchrashuv Dubayda bo‘lib o‘tgan “Uzbekistan Outsourcing Conference” doirasida tashkil etilgan bo‘lib, unda 100 dan ortiq IT-mutaxassislar, tadbirkorlar va xalqaro investorlar qatnashdi.
FOM Group farmatsevtika biznesida avtomatlashtirish bo‘yicha katta yutuqlarga erishganligi va Dubayda 400 dan ortiq dorixonani avtomatlashtirgani ta’kidlandi. O‘zbekistonda ham shunga o‘xshash yechimlarni joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, Enterprise Uzbekistan tashabbusi haqida gapirildi, bu tashabbus O’zbekistonda innovatsion iqtisodiy zonalarni yaratishga yordam beradi va O’zbekistonni yangi texnologik markazga aylantiradi.
Konferensiya doirasida IT Park Uzbekistan vakillari va xalqaro hamkorlar soliq imtiyozlari, kadrlar tayyorlash, investitsiya muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qilishdi. Shu bilan birga, “Zero Risk” va “Mintaqaviy shtab-kvartira” dasturlari xorijiy kompaniyalarni O‘zbekistonga jalb qilishda muhim rol o‘ynashi aytib o‘tildi.
Uchrashuv va konferensiya natijasida O‘zbekistonda xalqaro IT-kompaniyalar ofislarini ochish, 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish va uch yil ichida $50 million eksport hajmiga erishish bo‘yicha kelishuvlar amalga oshirilishi rejalashtirildi.
Shu tariqa, Dubaydagi konferensiya O‘zbekiston IT-sanoatini xalqaro maydonda tanitish, investitsiyalar jalb qilish va yangi biznes imkoniyatlarini ochishga muhim hissa qo‘shdi.

Powered by Froala Editor