Dunyoda ilk uchuvchisiz uchar taksiga sertifikat berildi

Texnologiya

Uchuvchisiz taksi bortida ikki yo‘lovchi bilan 130 km/soat tezlikda harakatlanib, 30 kilometrga yaqin masofani bosib o‘ta oladi.

Dunyoda ilk uchuvchisiz uchar taksiga sertifikat berildi
Xitoyda dunyoda birinchi bo'lib uchuvchisiz havo taksiga sertifikat berildi. Bu haqda techcult.ru xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, eVTOL eHang EH 216 havo taksisi konseptsiyasi “CES 2016” ko'rgazmasida namoyish etildi. Yetti yil davomida kompaniya muhandislari prototipni yo‘lovchilarni tashishga to‘liq tayyor bo‘lgan taksiga aylantirgan va Xitoy regulyatorlari tomonidan ichki bozorda tijorat asosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha sertifikatlandi.

Qayd etilishicha, ushbu uchuvchisiz havo taksi bortida ikki yo‘lovchi bilan 130 km/soat tezlikda harakatlanib, 30 kilometrga yaqin masofani bosib o‘ta oladi.

Dizaynning ishonchliligi va soddaligi sertifikat berish to'g'risidagi qarorga kelinishida muhim omil bo'ldi. Model mamlakatning turli hududlarida qisqa masofali turistik yo'nalishlarda 40 mingga yaqin muvaffaqiyatli sinov parvozlarini amalga oshirdi. Havo taksi 216 qayta quvvatlanuvchi batareyalar bilan ishlaydigan 16 vintli sxemaga asoslangan. eHang kompaniyasining elektr havo taksisi odatiy dvigatelga ega har qanday samolyotga qaraganda xavfsizroq deb tan olindi. Dunyoning boshqa davlatlari havo taksilarini sertifikatlash sari katta tezlikda odimlayotgan bo'lsa, Xitoy esa bu keng ommalashishi mumkin bo'lgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing