Durov Telegram moderatsiyasini yanada takomillashtirmoqchi
Biznes
Telegram asoschisi Pavel Durov Fransiyada sud majlisida messenjer moderatsiyasini yaxshilashga va’da berdi. Fransiya OAVlari xabariga ko‘ra, Durov Telegram’ning moderatsiya jarayonlarini yaxshilash uchun uch nafar advokat bilan hamkorlik qilish majburiyatini olgan. Bu qaror Telegram foydalanuvchilari xavfsizligi va platforma qonuniyligini ta’minlashga qaratilgan.
Sud majlisida Durov har oyda 15-20 million foydalanuvchi akkauntini qonunbuzarliklar sabab o‘chirib tashlashini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, so‘nggi olti oy ichida 10 ming foydalanuvchining ma’lumotlari huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilganini ham qo‘shimcha qildi.
Durovning ushbu qarori Fransiyada unga qarshi ochilgan tergov ishlariga to‘g‘ri keladi. Telegram asoschisi 2024 yil 24 avgust kuni Le Burje aeroportida hibsga olingan edi. Unga Telegram platformasidan noqonuniy faoliyatlar uchun foydalanilganiga oid ayblovlar qo‘yildi. Ushbu ayblovlar qatorida noqonuniy tranzaksiyalar va boshqa jinoyatlarda platformaning ishtiroki alohida ko‘rsatib o‘tilgan.
Tergov jarayonida Durov 5 million yevro miqdorida garov evaziga ozod qilingan bo‘lsa-da, Fransiyani tark etishi taqiqlangan. Shu bilan birga, 2024 yil 6 dekabr kuni u ilk bor Parij sudi oldida guvohlik berdi. So‘roq tafsilotlari hozircha ommaga oshkor etilmagan.

Powered by Froala Editor