Dushanbeda "O‘zbekiston savdo uyi" ochildi
Iqtisodiyot
Dushanbe shahrida qurilish materiallariga ixtisoslashgan "O‘zbekiston savdo uyi" ochildi. Yangi savdo vakolatxonasini tashkil etishdan maqsad – qurilish materiallari eksportini yanada oshirish va ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida savdo aloqalarini rivojlantirishdir.
Ochilish marosimi doirasida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi.
2024-yilda Tojikistonga qurilish materiallari eksporti $115 millionni tashkil etdi. Eng ommabop mahsulotlar orasida metall buyumlar, sement, keramika, quruq qurilish aralashmalari, quvurlar, PVX profillar va boshqa tovarlar bor.
2025-yilda "O‘zpromstroymahsulotlari" uyushmasi Tojikistonga eksport hajmini ikki barobarga oshirishni, shuningdek, mamlakatning boshqa hududlarida, jumladan, So‘g‘d viloyati va Tog‘li Badaxshon muxtor viloyatida yangi savdo uylari ochishni rejalashtirmoqda.

Powered by Froala Editor