Ekologiya vazirligiga ovchilik bilan bog’liq qoʼshimcha vakolatlar yuklatildi

O'zbekiston

1 oktyabrdan ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʼlgan, oʼquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan jismoniy shaxslarga YaIDXP orqali 2 yil muddatga beriladi.

Ekologiya vazirligiga ovchilik bilan bog’liq qoʼshimcha vakolatlar yuklatildi
O’zbekistonda ov qilish va ovchilik xoʼjaliklari faoliyati yanada takomillashtiriladi. Bu bo’yicha qabul qilingan Prezident farmoniga muvofiq, Ekologiya vazirligiga quyidagi vakolatlar berildi.

ovchilik xoʼjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʼgʼrisidagi shartnomaning namunaviy shaklini tasdiqlash;

ovchilik xoʼjaligini yuritishda texnik-iqtisodiy asosnoma materiallarining formatini tasdiqlash;

yuridik va jismoniy shaxslar bilan ovchilik xoʼjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʼgʼrisida shartnoma tuzish.

2024 yil 1 oktyabrdan ovchilarga ovchilik yoʼllanmasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalar asosida elektron dastur orqali beriladi.

2024 yil 1 oktyabrdan ovchilik guvohnomasini berishning quyidagi tartibi oʼrnatiladi. Ovchilik guvohnomasini olish uchun talabgorlarni maxsus oʼquv kurslarida oʼqitish joriy etiladi, shuningdek, ovchilik guvohnomasi muomalaga layoqatli, 18 yoshga toʼlgan, oʼquv kurslarini tugatgan va test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan jismoniy shaxslarga YaIDXP orqali 2 yil muddatga beriladi.

2024 yil 1 sentyabrdan yovvoyi hayvonlarni koʼpaytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xoʼjaliklari 3 yil muddat mobaynida mol-mulk va yer soligʼini 50 foizga kamaytirilgan soliq stavkalari boʼyicha, bundan tashqari, aylanmadan olinadigan soliqni 1 foiz miqdorida toʼlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing