"Endi hech qanday qizil chiziqlar yo'q": Ukraina Rossiya hududiga fransuz raketalarini otishi mumkin

Dunyo

Bu haqda Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrot BBCga bergan intervyusida ma'lum qildi. U Ukraina o‘zini himoya qilish maqsadida Rossiya Federatsiyasi hududiga hujum qilishi mumkinligini ta’kidladi, biroq Ukraina Qurolli kuchlari uzoq masofaga mo‘ljallangan fransuz qurollarini qo‘llagani faktini tasdiqlamadi.

"Endi hech qanday qizil chiziqlar yo'q": Ukraina Rossiya hududiga fransuz raketalarini otishi mumkin
"Biz Ukrainani intensiv va kerak bo'lganda qo'llab-quvvatlaymiz. Nega? Chunki bizning xavfsizligimiz xavf ostida. Rossiya armiyasi har gal bir kvadrat kilometr oldinga siljiganida, tahdid Yevropaga bir kvadrat kilometr yaqinlashadi”, — dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri.

Uning soʻzlariga koʻra, Gʻarb hamkorlari Ukrainaga yordam berishda cheklovlar oʻrnatmasligi va “qizil chiziqlar” tortmasligi kerak. Jurnalistlarning bu hatto fransuz qo'shinlarining jangda qatnashishini anglatishi mumkinmi degan savoliga u: "Biz hech qanday variantni istisno qilmaymiz", deb javob qaytardi.

Endi Ukraina Qurolli Kuchlarida fransuz SCALP-EG raketalari mavjud. Bunday raketalar 250 km dan ortiq masofadagi nishonlarni urib tushirishga qodir.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing