Endi O'zbekistonliklar osmonda taxsida uchadi. Yangi memorandum imzolandi
Texnologiya
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida Transport vazirligi va BAAning nufuzli JETEX kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. JETEX MDH mamlakatlari orasida ilk va yagona FBO xizmatlarini O‘zbekistonda tashkil etadi.
Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda JETEX kompaniyasi ta’sischisi Adel Mardini bilan o‘tkazilgan uchrashuvda imzolangan ushbu memorandum O'zsbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
Xususan, JETEX kompaniyasi “Toshkent-Sharqiy” aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshiradi.
Ushbu loyiha doirasida kichik aviatsiya sohasida ta’mirlash, sotish va saqlash xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi. Aerotaksi xizmati va VIP taksi joriy etiladi. Bu esa o‘z navbatida turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi hamda VIP mijozlar uchun qulaylik yaratadi.
Yo‘lovchilarga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan mazkur loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi poytaxtimiz nufuzi va jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakatda biznes aviatsiya sohasida 200 dan ko‘proq yuqori malakali ish o‘rinlari yaratilishiga erishiladi. Bir so‘z bilan aytganda, JETEX kompaniyasining ilg‘or tajribasiga tayangan holda mamlakatda biznes aviatsiyasini ishonchli va barqaror rivojlanishini ta’minlashga erishildi.
Ma'lumot o'rnida, JETEX kompaniyasi 2005-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoqni tashkil etgan. Butun dunyo bo‘ylab 50 dan ortiq nuqtalarda, jumladan Yaqin Sharq, Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Afrika va Amerikada kun-u tun mijozlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilotdir.

Powered by Froala Editor